● OTA-ONALAR UCHUN RAQAMLI NAZORAT

Farzandingiz qurilmasini bir joydan nazorat qiling.

Oila Nazorati lokatsiya, SMS, qo‘ng‘iroqlar, ilovalar, ekran faoliyati va bildirishnomalarni ota-ona panelida tushunarli ko‘rinishda kuzatishga yordam beradi.

⚠️ ASOSIY QOIDA: Kuzatiladigan bolaning qurilmasi Android bo‘lishi shart. Ota-ona esa iPhone yoki Android’dan Web panel orqali foydalanishi mumkin.
✓ Android APK   ✓ iPhone iOS   ✓ Ruxsatlar asosida ishlaydi
9:41 ● ◒ ▮
Oila NazoratiOila paneli
NAZORAT HOLATIFAOL
SO‘NGGI JOYLASHUV40.8449°, 72.3168°2 daqiqa oldin
12SMS
7Qo‘ng‘iroq
3s 42dIlovalar

SMS nazorati12

Qo‘ng‘iroqlar7

Ilovalar faoliyati3s

Screenshot24

⌂     ◉     ▤     ⚙
SMSXabarlar, raqam va vaqt
Qo‘ng‘iroqlarTuri, raqami va davomiyligi
LokatsiyaJoylashuv va tarix

Oila Nazorati nimalarni nazorat qiladi?

Sayt ilovaning amaldagi monitoring imkoniyatlariga moslashtirilgan.

01

SMS nazorati

Kiruvchi va chiquvchi SMS faoliyatini: xabar matni, raqam va vaqt kabi ma’lumotlarni kuzatish.

SMS matni · Raqam · Vaqt · Statistika
02

Qo‘ng‘iroqlar

Kiruvchi, chiquvchi, javobsiz qo‘ng‘iroqlar, raqam, vaqt va davomiylik.

Kiruvchi · Chiquvchi · Javobsiz · Davomiylik
03

Lokatsiya

Qurilmaning so‘nggi joylashuvi va lokatsiya tarixini kuzatish.

GPS · Xarita · Tarix
04

Ilovalar va ekran vaqti

Ilovalardan foydalanish davomiyligi va kundalik faoliyat statistikasi.

Vaqt · Statistika · Ilovalar
05🔔

Bildirishnomalar

Ruxsat berilganda qo‘llab-quvvatlanadigan ilovalardan kelgan bildirishnomalarni kuzatish.

Telegram · WhatsApp · Instagram · va boshqalar
06

Screenshot

Media Projection ruxsati orqali qurilma ekranini suratga olish imkoniyati.

Ekran · Screenshot · Tarix
07

Ota-ona paneli

Monitoring ma’lumotlarini bitta boshqaruv oynasida ko‘rish.

08

Qurilma nazorati

Monitoring xizmatlari, ruxsatlar va himoya sozlamalarini boshqarish.

09

Tarix va statistika

Faoliyatni vaqt bo‘yicha ko‘rib, statistik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish.

Kerakli SMS ma’lumotlari — bitta joyda.

Kiruvchi va chiquvchi xabarlar, raqam, vaqt va xabar ma’lumotlari monitoringning muhim qismidir.

SMS nazoratiBugun
IN
+998 90 *** ** 21Kiruvchi · 12:42

Salom, qayerdasan?

OUT
+998 93 *** ** 54Chiquvchi · 11:18

Hozir uyga ketyapman.

Ilovani o‘rnatish va foydalanish yo‘riqnomasi

Farzand qurilmasiga ilovani ulash uchun quyidagi qadamlarni ketma-ket bajaring.

01

APK faylini yuklab oling

Ushbu saytdagi «Android uchun yuklab olish» tugmasi orqali APK faylini farzandning Android qurilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab oling (yoki telefoningizga yuklab, keyin farzand qurilmasiga o‘tkazing).

02

O‘rnatishda ogohlantirish chiqishi — bu normal holat

Ilova Google Play Do‘konidan emas, balki fayl orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgani uchun, Android «Noma’lum manbadan o‘rnatish» haqida ogohlantiradi va o‘rnatishni vaqtincha bloklaydi. Bu — Play Do‘konidan tashqarida tarqatiladigan har qanday dastur uchun Android’ning odatiy xavfsizlik siyosati bo‘lib, ilovaning o‘zida muammo yo‘qligini bildiradi. Davom etish uchun: chiqqan oynadagi «Sozlamalar»ni bosing, keraki brauzer yoki fayl menejeriga «Noma’lum ilovalarni o‘rnatish»ga bir martalik ruxsat bering, so‘ng orqaga qaytib o‘rnatishni yakunlang.

Google Play Himoyasi oynasi — «Установить без проверки» tugmasi doiralab ko‘rsatilgan
03

Ruxsatlar so‘raladi — nima uchun kerak

Birinchi ishga tushirishda ilova SMS, qo‘ng‘iroqlar, joylashuv va boshqa bir qancha ruxsatlarni so‘raydi. Google Play siyosati oddiy ilovalarga bunday keng ruxsatlar berishni cheklaydi — aynan shu sabab bu ilova Play Do‘koni orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fayl sifatida tarqatiladi. Ota-ona nazorati vazifasini bajarish uchun bu ruxsatlar zarur bo‘lib, har birini navbat bilan «Ruxsat berish» tugmasi orqali tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi.

04

Oila kodi bilan bog‘lash

Ota-ona panelida (veb sayt yoki Android ilova orqali) «Yangi oila kodi yaratish» tugmasi bilan kod hosil qiling. Shu kodni farzand qurilmasidagi ilovaga kiritib, «Bog‘lash» tugmasini bosing — ikkala qurilma shu tarzda bir-biriga ulanadi.

05

Kuzatishni boshlash

Bog‘langandan so‘ng ilova qolgan ruxsatlarni (masalan, bildirishnoma va ekran ruxsatlari) so‘raydi. Barchasi berilgach, farzand qurilmasidagi «Kuzatishni boshlash» tugmasini bosing. Shundan keyin ota-ona panelida ma’lumotlar ko‘rina boshlaydi.

Ilova imkoniyatlarini yashirmaymiz.

Oila Nazorati qurilma darajasidagi Android ruxsatlari orqali ishlaydi. Qaysi ma’lumotlar olinishi berilgan ruxsatlar va ishlatilayotgan funksiyaga bog‘liq.

  • ✓ SMS: xabar mazmuni, raqam va vaqt
  • ✓ Qo‘ng‘iroqlar: raqam, turi, vaqt va davomiylik
  • ✓ Lokatsiya va foydalanish statistikasi
  • ✓ Bildirishnomalar — tegishli ruxsat bilan
  • ✓ Screenshot — ekran ruxsati bilan
To‘liq maxfiylik siyosati →

Ko‘p so‘raladigan savollar.

Ilova qayerdan yuklanadi?

Farzand Android qurilmasiga o‘rnatiladigan APK ushbu saytdagi “Android uchun yuklab olish” tugmasi orqali yuklanadi. Ota-ona iPhone ishlatsa, “iPhone iOS uchun web” tugmasi orqali iPhone uchun bepul panelni ilova kabi bosh ekranga qo‘shishi mumkin.

iPhone’da qanday o‘rnatiladi?

iPhone’da Safari orqali iOS sahifasini oching, Share / Ulashish tugmasini bosing va “Add to Home Screen / Bosh ekranga qo‘shish”ni tanlang.

SMS nazorati nimani ko‘rsatadi?

Kiruvchi va chiquvchi SMS bo‘yicha xabar matni, raqam va vaqt kabi ma’lumotlarni ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Hamma funksiya avtomatik ishlaydimi?

Yo‘q. Android ruxsatlari berilishi va ayrim maxsus xizmatlar yoqilishi kerak bo‘lishi mumkin.

Oila Nazoratini hoziroq boshlang.

Android APK yoki iPhone iOS variantini tanlang.